Xorazm viloyati, Shovot tumani Xitoy mahallasi

blog

image
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy asoslar va ularni bajarilish holati, keytering tashkiloti tomonidan taomnomada ko‘rsatilgan mahsulotlarni tayyorlanishi va qadoqlash holati ko‘zdan kechirildi.

Oliy Majlis Cenati Kengashining 2023-yil 13-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari (komissiyalari) parlament nazorati bo‘yicha faoliyatining ayrim yo‘nalishlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-459-IV-sonli qaroriga muvofiq parlament nazorati doirasida joriy yil 27-28-fevral kunlari Xorazm viloyatida maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish tizimi o‘rganildi.


 

Joriy yil 27-28-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Manzura Salimova hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sanitariya-gigiena boshqarmasi bosh mutaxassisi Go‘zal Muxamedova Urganch shahar, Xiva shahar, Yangiariq, Xonqa va Bog'ot tumanida bo‘lib, maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy asoslar va ularni bajarilish holati, keytering tashkiloti tomonidan taomnomada ko‘rsatilgan mahsulotlarni tayyorlanishi va qadoqlash holatini ko‘zdan kechirdilar.


 

 

 

 

 

Tadbir davomida Xiva shahar 18-son, Xonqa tumanidagi 35-son maktabda o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.


 

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yishda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z takliflarlarini bildirdilar. 


 

 

O'rganish yakuni bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Manzura Salimova tomonidan mas'ullarga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy asoslar va ularni bajarilish holati bo'yicha tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Xitoy mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@shovot23-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yil dasturi

Maktab manzili